» » Ilg‘or texnologiyalar markazida Sciencethon dasturi bo‘yicha Innovatsion startap akselerator va inkubator tashkil etildi

Ilg‘or texnologiyalar markazida Sciencethon dasturi bo‘yicha Innovatsion startap akselerator va inkubator tashkil etildi


Toshkent shahridagi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida yuqori texnologiyali, kichik startap kompaniyalar uchun Sciencethon dasturi bo‘yicha Innovatsion startap akselerator va inkubator tashkil etildi. Unda yosh tadbirkorlar, startap va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakatda startaplarni joriy etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro miqyosda ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 11-sentabrdagi “Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilingan.

Bu yerda laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalari Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga ikki yil muddatga, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda besh yilgacha uzaytirish huquqi bilan taqdim etiladi.

Tadbirda startaplar ijtimoiy-iqtisodiy muhitning jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois bunday kompaniyalarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun moddiy, infrastrukturaviy va tajriba jihatdan qo‘llab-quvvatlash lozimligi, bunday ko‘makni esa maxsus strukturalar startap akselerator va inkubatorlar yaratib berishi mumkinligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 05:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют