» » Ispaniyada bosh vazirga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Ispaniyada bosh vazirga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchi qo‘lga olindi


Ispaniya politsiyasi mamlakat hukumati rahbari Pedro Sanchesga suiqasd tayyorlashda gumonlanuvchini qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza. Operatsiya Kataloniyadagi Terrasa shahrida uch hafta avval o‘tkazilgan, ammo bu haqda endi ma’lum qilinmoqda.

62 yoshli gumonlanuvchi Manuel Murilyo Sanches xususiy qo‘riqlov kompaniyasida ishlagan va qurol saqlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan. Publico gazetasi uni snayper deb atamoqda: u o‘zi ko‘p yillar davomida mashq qilgan merganlik klubining eng yaxshi o‘qchisi bo‘lgan. Tintuv chog‘ida undan 16 ta qurol — to‘pponchalar, vintovkalar va avtomat olib qo‘yilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi hukumatning diktator Fransisko Franko jasadini eksgumatsiya qilish (murdani go‘rdan kavlab olish) rejalari tufayli bosh vazirga suiqasd tayyorlagan. Frankoning jasadini Shahidlar vodiysidan boshqa joyga olib o‘tishmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют