» » O‘zbekistonda joriy yili 22,5 ming abituriyent hujjat topshirib, imtihonlarda qatnashmadi

O‘zbekistonda joriy yili 22,5 ming abituriyent hujjat topshirib, imtihonlarda qatnashmadi


Milliy matbuot markazida 2018—2019-o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

Anjumanda bu yil o‘tkazilgan davlat test sinovlari avvalgi davrlar bilan taqqoslandi, qabul kvotalari xususida ma’lumotlar berildi.

Aytilishicha, oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha kunduzgi, maxsus sirtqi, kechki hamda sirtqi ta’lim shakllariga 2017-yilda 729 947 abituriyent hujjat topshirgan edi. Bir o‘ringa esa 11 nafar to‘g‘ri kelgan. 2018-yilda 814 952 nafar abituriyent hujjat topshirdi va bir o‘ringa 8,9 da’vogarlik kuzatildi.

Test sinovlarida jami 721 214 abituriyent ishtirok etdi. Kunduzgi, maxsus sirtqi, kechki ta’lim shakllariga 55 818, sirtqi ta’lim shakliga 10 533 abituriyent qabul qilindi. Shundan imtiyozga ega bo‘lganlari 2 137 nafarni tashkil etdi. Hujjat topshirib, test sinovida qatnashmaganlar soni 22 535 nafar bo‘ldi.

Yig‘ilish savol-javoblar tarzida davom etdi hamda davlat test sinovlari jarayonlarida talabalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan muammoli holatlar, ularning yechimi, kelgusidagi ishlar rejasi haqida so‘z yuritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют