» » Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori etib tayinlandi

Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori etib tayinlandi


O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018-yil 7-noyabrdagi buyrug‘iga asosan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabod tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Denov tumani hokimi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют