» » Toshkentda 4 kishi is gazidan zaharlanib o‘lgan uyni qurgan kompaniyaning yangi obyektlari buzib tashlanmoqda

Toshkentda 4 kishi is gazidan zaharlanib o‘lgan uyni qurgan kompaniyaning yangi obyektlari buzib tashlanmoqda


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan va xavfsizlik hamda qurilish standartlariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida aytilishicha, oktabr oyi oxirida aynan ushbu korxona Chilonzorda qurgan uyda Akbarovlar oilasining 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib o‘lgandi. Ekspertlar keyinchalik gaz sizishiga gaz quvurlarini o‘tkazishda me’yorlarga rioya etilmagani sabab bo‘lganini aniqladi.

Mazkur fojiadan so‘ng kompaniyaning boshqa obyektlari tekshirilganda yana ko‘plab qo‘pol xatolar aniqlandi. Ba’zi uylar orasida atigi 3 metr masofa qoldirilgani, yangi uylar issiqlik quvurlari ustida qurilgani, birinchi qavatdan chiqayotgan gaz tutuni ikkinchi qavat oynasiga kirayotgani shular jumlasidan.

Shuningdek, uylarning ayrimlari dastlab bog‘cha deb rasmiylashtirilib, keyinchalik xususiy uyga aylanib qolganligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют