» » “Lester”ni chempion qilgan Klaudio Ranyeri “Fulhem”ga bosh murabbiy bo‘ldi

“Lester”ni chempion qilgan Klaudio Ranyeri “Fulhem”ga bosh murabbiy bo‘ldi


Angliyaning “Fulhem” jamoasi italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyerini klub bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Ranyeri iste’foga chiqarilgan Slavish Yokanovich o‘rnini egalladi. “Fulhem” Yokanovich qo‘l ostida 12 ta o‘yinda atigi 5 ochko to‘pladi. Jamoa ayni damda Angliya premyer ligasida so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.

Ma’lumot uchun, Ranyeri uchun APL begona emas, u “Lester”ni 2016-yilda mamlakat chempioniga aylantirgandi.

Italiyalikning so‘nggi ish joyi esa Fransiya bo‘ldi. U “Nant” klubini boshqardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют