» » Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qanliko‘l tumanida bunyod etilgan Kanteks invest to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga avvalgi tashriflari chog‘ida Qanliko‘l tumaniga o‘n million yevro investitsiya kiritib, yirik to‘qimachilik korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida korxona uchun 10 gektar yer ajratilib, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Korxonani barpo etish yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tajribali bo‘lgan Kanteks invest ma’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Natijada 23 million yevro investitsiya kiritilib, yaydoq yerda zamonaviy to‘qimachilik fabrikasi qad rostladi.

Ayni paytda korxonaga Germaniya, Shveysariya, Turkiya va Hindistondan so‘nggi rusumdagi to‘qimachilik dastgohlari keltirilgan bo‘lib, ularni o‘rnatish va montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha qiymati 38,7 million AQSh dollari bo‘lgan korxonani kelasi yil birinchi choragida ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Bu yerda dastlabki bosqichda yiliga 11 ming tonna dunyo talablariga javob beradigan sifatli ip-kalava ishlab chiqariladi. Navbatdagi bosqichda to‘qimachilik matosi tayyorlash, 2021-yilda amalga oshiriladigan so‘nggi bosqichda mato bo‘yash va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Korxona to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 25 million AQSh dollaridan ziyod mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezident korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ta’sischilari bilan suhbatlashdi.

650 ga yaqin mahalliy aholi ish bilan ta’minlanadigan korxonada bugungi kunda ishchilar tanlab olinib, shu yerning o‘zida tashkil qilingan o‘quv xonalarida o‘qitilmoqda, shuningdek, mamlakatning boshqa hududlaridagi korxonalarda malaka oshirilmoqda.

Prezident bunday korxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad ish o‘rinlari yaratish ekani, mamlakatning chet ellardagi elchixonalari bilan birgalikda texnologiya olib kelib, korxonalarni yanada ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют