» » “Tashabbus-2018” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmqoda

“Tashabbus-2018” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmqoda


O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Tashabbus-2018” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmqoda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlov doirasida qiziqarli uchrashuvlar, o‘quv-seminarlar, mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda yurtimizning soliq siyosatiga oid yangiliklar, hududlarda bo‘sh turgan davlat obyektlari va ularni tadbirkorlik subyektlariga berish tartib-tamoyillari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollari, mahalliy mahsulotlar eksportlarini kengaytirishda xalqaro standartlar va sertifikatlash tizimi kabi mavzularga oid ma’lumotlar ko‘rik-tanlov ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

– “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi o‘zining amaliy ruhi bilan ko‘pchilik uchun g‘oyat foydali va unumli bo‘ldi, – deydi Samarqand viloyatidagi “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi rahbari Majitxon Islomov. – Bu yerda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlarning faoliyati bilan batafsil tanishish, shuningdek, yurtdoshlarimizning korxona mahsulotlari, tadbirkorlar faoliyatiga oid fikr va takliflarini kengroq o‘rganish, tahlil etish imkoniyati yaratilgani ahamiyatga molikdir. “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi yurtimiz tadbirkorlariga ko‘rsatilayotgan katta e’tiborning amaldagi yorqin namunasidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют