» » “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va uning tizimidagi korxonalarda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va uning tizimidagi korxonalarda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda


Toshkentdagi Milliy matbuot markazida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda mamlakatda barcha sohalarni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va uning tizimidagi korxonalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Mintaqadagi rangli metallar ishlab chiqarishda yetakchi korxona hisoblangan hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilg‘or korxonalaridan bo‘lgan kombinat o‘z tarkibida konchilik, metallurgiya, kimyo, geologiya-qidiruv, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab olgan qirqdan ortiq tarkibiy bo‘linmalarga ega.

Bugungi kunda kombinatda amalga oshirilayotgan ko‘p sonli investitsion loyihalar yanada ahamiyatliroq istiqbol yo‘llarini ochib bermoqda.

Kombinatda Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilgan bo‘lib, uning mablag‘lari yangi texnik ishlanmalar, uslub va texnologiyalar, tajriba-sanoat tadqiqotlari, tajriba mahsulotlarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun tayyorlov tadbirlarni realizatsiya qilish, ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomlarni bajarish, informatsion ilmiy-texnik resurslar va adabiyotlarni xarid qilishga yo‘naltirilmoqda.

Anjumanda jurnalistlar savollariga javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют