» » O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni salkam 20 mingga yetdi

O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni salkam 20 mingga yetdi


15-noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 19820 nafarga yetdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA.

O‘tgan 4 oy ichida dunyoning 49 davlatidan bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan, ulardan 19518 nafariga elektron vizalar taqdim etilgan. 22 kishining murojaati rad etilgan. 280 ta ariza esa ko‘rib chiqilmoqda.

Eng ko‘p Xitoy fuqarolari E-VISA olish uchun murojaat etgan bo‘lib, ularning soni 5601 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Hindiston (2023 nafar), AQSh (1867 nafar), Buyuk Britaniya (1528 nafar) va Fransiya (1018) fuqarolari bu ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют