» » Farg‘onada YHXB xodimiga 400 ming so‘m pora bergan 2 nafar fuqaro ushlandi

Farg‘onada YHXB xodimiga 400 ming so‘m pora bergan 2 nafar fuqaro ushlandi


Farg‘ona viloyatida YHXB xodimiga 400 ming so‘m pora taklif qilgan 2 nafar fuqaro ushlandi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Viloyat IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘qon—Andijon yo‘lining Yozyovon tumanidan o‘tuvchi qismida xizmat vazifasini bajarayotgan YHXB xodimi “GAZ-24” rusumli avtomashinani to‘xtatgan. Tekshiruv jarayonida avtomashina haydovchisi Andijon shahrida yashovchi M.A. litsenziyasiz aholiga pullik avtomobil xizmati ko‘rsatgani aniqlangan. Bu haqida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Oradan bir kun o‘tib, haydovchi M.A. tanishi Sh.T. bilan o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomaga muvofiq chora ko‘rmaslik va jarima maydonchasidagi avtomashinasini chiqarib berishini so‘rab, IIB xodimiga 400 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.

YHXB inspektori bu haqida o‘z xavfsizlik bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.T. YHXB inspektoriga 400 ming so‘m pulni pora sifatida bergan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют