» » Kattaqo‘rg‘onda yiliga 2,4 mln tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

Kattaqo‘rg‘onda yiliga 2,4 mln tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonaga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 420 million AQSh dollariga teng. Mazkur zavodda yiliga 2,4 million tonna sement ishlab chiqariladi.

Zavod qurilishining birinchi bosqichi 2018—2020-yillarda bajariladi. Bu bosqichda 220 million dollar miqdoridagi investitsiya hisobiga yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega dastlabki blok ishga tushiriladi.

2020—2023-yillarda qurilishning ikkinchi bosqichi amalga oshiriladi. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 1000 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют