» » 2021-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,9 foizni tashkil qilishi mumkin

2021-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,9 foizni tashkil qilishi mumkin


O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,9 foizni tashkil etishi mumkinligini prognoz qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil uchun prognoz qilingan 15,5 foizli inflyatsiya darajasidan 5,6 foizga past. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati vakili ma’lum qildi, deb yozadi Turon24.

Shuningdek, ma’lumotda keltirilishicha, 2020-yilda respublikada inflyatsiya darajasi 12,6 foizni tashkil etishi mumkin.

Hozirda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 16 foizni tashkil etmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departament direktori maslahatchisi Albert Yegerning aytishicha, O‘zbekistonda 2018-yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qilishi mumkin. Albert Yegerning fikricha, narxlar liberalizatsiyasi davrida inflyatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют