» » O‘zbekistonda shu paytga qadar onlayn-auksionlarda 10 milliard 191 million 700 ming so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari sotildi

O‘zbekistonda shu paytga qadar onlayn-auksionlarda 10 milliard 191 million 700 ming so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari sotildi


Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1311 ta bo‘sh yer uchastkalari 365 milliard 940 million so‘m investitsiya kiritish, 5 660 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 10 milliard 191 million 700 ming so‘mga sotildi, deb xabar berdi O‘zA.

Joriy yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3351 ta bo‘sh yer uchastkalari, 835 milliard 878 million so‘m investitsiya kiritish, 12685 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 23 milliard 936 million 900 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1311 ta bo‘sh yer uchastkalari 365 milliard 940 million so‘m investitsiya kiritish, 5 660 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 10 milliard 191 million 700 ming so‘mga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2040 ta bo‘sh yer uchastkalari 21 milliard 764 million 600 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 172 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 milliard 313 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 225 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 milliard 950 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 96 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 981 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 39 milliard 115 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 70 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 175 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 411 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 39 milliard 680 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 101 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 120 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 199 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 milliard 160 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 501 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 milliard 331 million 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 154 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 milliard 850 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 366 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 14 milliard 900 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 150 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 milliard 640 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 118 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 milliard 210 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 330 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 24 milliard 580 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 141 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari 1554 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 53 milliard 160 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 7 milliard 457 million 141 so‘m miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

“E-ijro auksion” ga savdoga qo‘yilgan 1 so‘mlik binolar

ro‘yxati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют