» » Ozbekistonda yollar tarmogini rivojlantirish bilan Germaniyaning Roland Berger GmbH kompaniyasi shugullanadi

Ozbekistonda yollar tarmogini rivojlantirish bilan Germaniyaning Roland Berger GmbH kompaniyasi shugullanadi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Avtomobil yollari qurilishi va foydalanish sohasidagi ishlarni tashkil etishning ilgor xorijiy usullarini jalb etish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori loyihasijoylashtirildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Qaror loyihasida bildirilishicha, Ozbekiston va Germaniyaning Roland Berger GmbH kompaniyasi respublikada yollarning istiqboldagi rivojlanishi Konsepsiyasini ishlab chiqish boyicha hamkorlik togrisida dastlabki kelishuvga erishgan.

Bunda respublika hududida nemis kompaniyalari bilan avtomobil yollari qurilishi va foydalanishda qollaniluvchi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish boyicha qoshma korxonalar tashkil etish, xorijiy injiniring kompaniyalar bilan hamkorlikni yolga qoyish, jumladan, avtomobil yollari va suniy inshootlarni loyihalashtirish sohasida aloqalar ornatish, yol infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish, landshaft dizayn zamonaviy elementlarini tatbiq etish, avtomobil yollariga tutash hududlarni kokalamzorlashtirish va obodonlashtirishda ilgor xorijiy tajribani qollash, avtomobil yollari qurilishi va rekonstruksiyasi, shuningdek, yol-foydalanish korxonalari zamonaviy texnikasi bilan jihozlash boyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kredit tashkilotlari moliyaviy resurslarini jalb etish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasida korsatilishicha, Ozbekiston kelgusi yilning yanvar oyi oxiriga qadar rivojlanish konsepsiyasi ustida ish olib borish uchun xorijiy maslahatchilarni jalb qilish boyicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, hujjatga kora, sohani kadrlar bilan taminlash masalasi hal qilinishi zarur. 2019-yil 1-martga qadar hukumatga Toshkent avtomobil yollarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida mutaxassislar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash boyicha markazni tashkil etish togrisidagi takliflar kiritiladi.

Bundan tashqari, yollar va infratuzilma qurilishiga yondashuv ham ozgarishi kerak. Hujjatga kora, 2019-yildan boshlab yol xojaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarish va qabul qilib olish boyicha yangi tartib tatbiq etilishi mumkin. Bunda ishlar hajmi va sifati pudrat ishlarini miqdor korsatkichiga otkazish orqali belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-11-2018, 19:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -