» » Moskva—Afina reysidagi yo‘lovchi samolyoti Sheremetyevo aeroportida odam urib yubordi

Moskva—Afina reysidagi yo‘lovchi samolyoti Sheremetyevo aeroportida odam urib yubordi


Moskva—Afina reysi yo‘lovchi samolyoti Sheremetyevo aeroporti uchish-qo‘nish maydonida odam urib yubordi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Hodisa 20-noyabr kuni soat 20.10 da ro‘y berdi. Samolyotning uchish-qo‘nish maydonidagi harakati davomida ekipaj noma’lum jismga urilganini bildirgan. Shikastlanishlar haqida signal bo‘lmagani sababli parvozni davom ettirishga qaror qilingan.

Voqea joyiga yuborilgan aeroport xodimlari erkak kishining jasadi va shaxsiy buyumlariga duch keldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs Ispaniyadan deport qilingan va Moskva orqali Yerevanga yo‘l olishi lozim bo‘lgan 25 yashar Armaniston fuqarosidir. U Moskvaga uchgan samolyot bortida to‘polon ko‘targani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют