» » Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar tomonidan sifatsiz dori-darmon va tibbiyot buyumlari to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar tomonidan sifatsiz dori-darmon va tibbiyot buyumlari to‘xtatib qolindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Daut-ata” chegara bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi boshqarma axborot xizmati.

Fuqaro B.F. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra qiymati salkam 71 million so‘mlik ayollar gigiyenik vositalari va har xil xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyada 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro R.D.ga tegishli bo‘lgan, vagonning ko‘mir saqlash uchun mo‘ljallangan joyida ko‘mir ostiga xufiyona ravishda bojxona nazoratidan yashirib qo‘yilgan polietilen qopda qiymati 23 million so‘mlik stomatologiya anjomlari borligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют