» » Toshkentda Google dasturchilari festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Google dasturchilari festivali bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 24-noyabr kuni O‘zbekistonda ilk bor DevFest — Google Developers Group (GDG) dasturchilar xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Festival Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va Xalq ta’limi vazirliklari, BMT TDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, festival DevFest Google Developers Group tomonidan Google kompaniyasi ko‘magida butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan global tadbirdir. Joriy yilda tadbir doirasida Google kompaniyasining so‘nggi texnologiya va ishlanmalari namoyish etiladi. Xususan, ishtirokchilar mobil ilovalar yaratish masalalari, biznesda virtual, to‘ldirilgan va aralash voqeliklar texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

Shuning uchun tadbir nafaqat dasturchi va IT-mutaxassislari, balki zamonaviy texnologiyalarga befarq bo‘lmagan barcha yosh avlod vakillari uchun ham qiziqarli bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют