» » Andijonda IIB xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan uch kishi qo‘lga olindi

Andijonda IIB xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan uch kishi qo‘lga olindi


22-noyabr kuni soat 02:00 larda Andijon viloyatining Izboskan tumani “Yuqori Chuvama” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan ikki nafar tuman IIB tezkor vakillari bir guruh fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida to‘xtatganida, ular xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Fuqarolardan biri A.J. telefon orqali ukasi S.J. va jiyani Z.Q.ni voqea joyiga chaqirib, uch kishi birgalikda tuman IIB tezkor vakillari S.Ya. va I.X.ni urgan. S.Ya. va I.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. I.X. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan. A.J., S.J. va Z.Q.lar ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют