» » O‘zbekistonda 24—27-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda 24—27-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


O‘zbekistonda qor-yomg‘irli kunlar boshlandi, deb yozadi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-noyabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 25-noyabrda kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq; 26—27-noyabr kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 24-noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin, 25-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26—27-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24-noyabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-noyabrda kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 25-noyabrda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi. 26-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq, 27-noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi. 24-noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 25-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24-noyabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-noyabrda kechasi va kunduzi 5—10 daraja iliq, 25-noyabr kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, ba’zi joylarda 10 darajagacha iliq, 26-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi. 27-noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 24-noyabrda yomg‘ir yog‘adi, 25-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-noyabrda kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq, 25-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq, 26-noyabr kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq, 27-noyabrda kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 24 va 27-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25—26-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 23—24-noyabrda ba’zi joylarda kuchayishi mumkin. Harorat 24-noyabrda kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq; 25-noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq, 26-noyabr kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq, 27-noyabrda kechasi 2—7 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 24 va 27-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25—26-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-noyabrda kechasi va kunduzi 6—11 daraja iliq, 25-noyabrda kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, 26—27-noyabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, faqat 25-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 24-noyabrda ba’zi joylarda 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuqdan 4—9 daraja sovuqqacha, kunduzi 2—7 daraja iliqdan 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют