» » O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi


Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq davlat-xususiy sheriklik xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etmoqchi bo‘lgan talabgor Maktabgacha ta’lim vazirligiga ariza beradi.

Ariza 15 kunda ko‘rib chiqiladi va loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsa 7 kunda amal qilish muddati 30 yil bo‘lgan bitim tuziladi.

Hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya narozati organlarining maktabgacha ta’lim muassasasini qurish bo‘yicha salbiy xulosalari bo‘lsa loyihalar 3 kun ichida rad etiladi.

Bundan tashqari, nizom bilan davlat-hususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют