» » TIV Gruziyada hujumga uchragan o‘zbekistonlik ikki ayol haqida axborot berdi. Ulardan biri vafot etgan

TIV Gruziyada hujumga uchragan o‘zbekistonlik ikki ayol haqida axborot berdi. Ulardan biri vafot etgan


Gruziyaning Batumi shahrida 24 noyabr kuni kazinodagi hujum oqibatida bir o‘zbekistonlik ayol halok bo‘lgan, yana biri esa tan jarohati olgani haqida avval xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 1987-yilda tug‘ilgan I.Ziyodullayeva shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan, 1980-yilda tug‘ilgan X.Mahkamova esa jarohat olgan va hozirda muolaja qilinmoqda.

Pichoq bilan jarohat yetkazgan Turkiya fuqarosi L.Kulturk jinoyat joyida qo‘lga olingan va unga qarshi “qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston TIVning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi mazkur masalani nazoratga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют