» » Termizda kam ta’minlangan fuqarodan pora talab qilgan hokimlik mutaxassisi hibsga olindi

Termizda kam ta’minlangan fuqarodan pora talab qilgan hokimlik mutaxassisi hibsga olindi


25-noyabr kuni Termiz tuman hokimligining sanoatni rivojlantirish, kommunikatsiya va qurilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Bahodir Rustamov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) kam ta’minlangan fuqaro Muhabbat Aqiyevadan yangi uy olish uchun ro‘yxatga qo‘yish evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Muhabbat Aqiyeva Termiz shahridagi “Amu sohili” mahallasida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan uch qavatli uylardan bitta xonadonni olish uchun ariza yozgan. Buning uchun Termiz tumani hokimligidagi mansabdor shaxsga murojaat qilgan.

Mutasaddi esa undan ro‘yxatga kiritish evaziga 300 AQSh dollari so‘ragan.

Bahodir Rustamov mazkur uy qurilishida qatnashayotgan xususiy korxona rahbari orqali 300 AQSh dollari va fuqaroning pasporti nusxasini olgan vaqtida tuman IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют