» » Yaponiyaning Fukusima shahri yaqinida 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi

Yaponiyaning Fukusima shahri yaqinida 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi


Yaponiyada Fukusima shahridan 46 kilometr shimoli—sharqda zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

28-fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:49 da qayd etilgan yer osti silkinishi magnitudasi 5,6 magnitudani tashkil etdi.

Epimarkazdagi tebranishlar shiddatidan kelib chiqib, zilzila “o‘ta kuchli” deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil 11-martida Yaponiya shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 9 balli yer qimirlashi oqibatida Fukusima atom elektr stansiyasidagi yadroviy reaktorlarda portlashlar ro‘y bergan. Tabiiy ofat tufayli salkam 16 ming kishi halok bo‘lgan, 2,5 mingdan ortiq kishi dom-daraksiz yo‘qolgandi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют