» » Ozbekistonda suv taminoti uchun oldindan 100 foiz tolash tartibi belgilandi

Ozbekistonda suv taminoti uchun oldindan 100 foiz tolash tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasining 23-noyabrdagi qarori bilan Istemolchilarga suv taminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari korsatish qoidalariga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi, deb yozadi Gazeta.uz.

Xususan, istemolchilarga suv taminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlariga oldindan 100 foiz tolash tartibi belgilandi. Ichimlik suvi taminoti va suv chiqarish xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud bolganda oxirgi uch oyning ortacha sarfi boyicha hamda hisobga olish priborlari mavjud bolmaganda oylik istemol normasi boyicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq tolashni amalga oshirishi lozim.

Istemolchi keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq tolovlarini amalga oshirmasa, Majburiy ijro byurosi istemolchilarni yozma ravishda xabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni otgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda istemolchilarni ichimlik suv taminoti va suv chiqarish xizmati tarmoqlaridan uzib qoyish yoli bilan undirish choralarini koradi.

Tuzatishlarga kora, kochmas mulkning yangi egasi avvalgi uy egasining debitorlik qarzlari uchun javobgar boladi. Obyekt egasi ozgarganda istemolchi chiqib ketishidan 7 kun avval debitorlik qarzlarini uzib, bu haqda byuro bilan dalolatnoma imzolashi shart. Istemolchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi, plombalarning butligi va qoplanmagan debitorlik qarzorlik uchun javobgarlik obyektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-11-2018, 21:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -