» » Shahram G‘iyosovga “Jismoniy tarbiya va sport a‘lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Shahram G‘iyosovga “Jismoniy tarbiya va sport a‘lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi


28-noyabr, chorshanba kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi g‘alabalari hamda O‘zbekistonda sportni ommalashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun “Jismoniy tarbiya va sport a‘lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Vazir Dilmurod Nabiyev Shahram G‘iyosovga qo‘lga kiritayotgan yutuqlari O‘zbekistondagi yoshlar orasida boksga, umuman sportga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini ta’kidlab, vazirlik bundan keyin ham bokschini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov joriy yilning 25-noyabr kuni AQShning Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida meksikalik bokschi Migel Zamudioni ilk raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozongandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют