» » O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar 3 yilgacha muddatga rasmiylashtiriladi

O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar 3 yilgacha muddatga rasmiylashtiriladi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3 yilgacha muddatga rasmiylashtirish mumkin.

Bunda viza uchun 300 AQSh dollari miqdorida to‘lov undiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzog‘i bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘zi borib o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 10 baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida pul undirilgan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют