» » O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari xorij tajribasi asosida quriladi

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari xorij tajribasi asosida quriladi


Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Qaror bilan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, endilikda yo‘l qurilishini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etiladi. Xususan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2018-yil 30-dekabrgacha Germaniya tajribasini o‘rgangan holda xorijiy konsultant ishtirokini ta’minlaydi.

Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020—2040-yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Hukumat avtomobil yo‘llari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari — OBERMEYER Panen+Beraten GmbH, Lahmeyer Internetional GmbH, Lomb Ingenieurgesellschaft mbH, INROS LACKNER SE va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi.

Qaror bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga 2019-yil 10-fevralgacha avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Moliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi.

2019-yildan boshlab yo‘l xo‘jaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishni ko‘zda tutadigan tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek qaror bilan 2018—2019-yillarda yo‘l qurilishi sohasida ilg‘or xorijiy uslublarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida 2019-yilda O‘zbekistonning Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют