» » Farg‘onada Qirg‘izistonga 30 ming dollarni ichki kiyimida yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Farg‘onada Qirg‘izistonga 30 ming dollarni ichki kiyimida yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi


Farg‘ona chegara bojxona posti xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqilishiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan fuqaro A.Z. nazoratdan o‘tish chog‘ida og‘zaki savol-javob qilinganda bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Shundan so‘ng belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning egnida bo‘lgan ichki kiyimi ichidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan naqd 30 ming AQSh dollari borligi aniqlandi.

Huquqbuzarning kurtkasi o‘ng cho‘ntagida 4 ming AQSh dollari va qo‘l sumkasi ichidagi hamyonida 510 turk lirasi borligi aniqlandi.

Shu tariqa ushbu fuqarodan jami 34 ming AQSh dollari va 510 turk lirasi olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют