» » Humo tolov tizimi 2019-yil boshidan ishga tushadi

Humo tolov tizimi 2019-yil boshidan ishga tushadi


Ozbekiston milliy tolov tizimi Humo 2019-yil yanvarfevral oylarida ishga tushadi. Bu haqda 30-noyabr kuni Markaziy bank raisining birinchi orinbosari Timur Ishmetov Ozbekiston bank sektoriga bagishlangan Taraqqiyot tamoyillari telekorsatuvida malum qildi, deb yozmoqda Turon24.

Timur Ishmetovning sozlariga kora, yangi tolov tizimi uchun tolov terminallari hamda bankomatlar sotib olishni Markaziy bank oz zimmasiga oladi.

Biz yangi terminallar va bankomatlar sotib olishni tijorat banklariga yuklamaslikka qaror qildik. Terminallarni sotib olish va Humo plastik kartalarni chiqarish bilan Markaziy bankning ozi shugullanadi. Ushbu terminallar VISA va Master Card kabi xalqaro kartalarni ham qabul qiladigan boladi. Humo plastik kartalari esa hozirda mavjud UzCard tolov terminallarida ham ishlaydi. Bu borada hech qanday muammo bolmasligi kerak, deydi Timur Ishmetov.

Qayd etish joizki, 29-noyabr kuni humocard.uz domeni Ozbekistonda royxatdan otgan. Humo tolov tizimining rasmiy sayti aynan mana shu sayt bolishi kutilmoqda.

Joriy yilning 15-sentabrida Ozbekistonda yagona bolgan UzCard tolov tizimi qariyb 3 kunga ishdan chiqqan edi. Buning natijasida deyarli barcha aholi plastik kartalaridagi oz pullarini ishlatish imkoniyatini vaqtincha yoqotgan. 19-sentabrda esa prezident Ozbekistonda yangi milliy tolov tizimi yaratalishi haqida qaror qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-11-2018, 19:45)
0 (: 0)
(1)
08:14 12-10-2019
. .

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 21) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -