» » Jizzaxda prokuratura tergovchisiga 1000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda prokuratura tergovchisiga 1000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi


Jizzax viloyat prokuraturasining 8 va 21-bo‘limlari xodimlari tomonidan Arnasoy tuman prokuraturasi tergovchisi N.A. ning bildirgisi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tezkor tadbir davomida “Jizzax agrokimyohimoya” XAJ Arnasoy filiali sobiq bosh hisobchisi Sh.U. unga nisbatan bo‘lgan ish bo‘yicha zararni kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 1000 AQSh dollarini tergovchi N.A.ga pora tariqasida taklif qilib, shundan 1 200 000 so‘m va 100 AQSh dollarini uning xizmat xonasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют