» » O‘zbekistondagi 7 mldan ortiq elektr iste’molchisining barchasi avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi

O‘zbekistondagi 7 mldan ortiq elektr iste’molchisining barchasi avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi


O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq iste’molchining barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

2021-yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazilishi belgilangan.

Avtomatlashtirilgan tizim iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Iste’molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi.

Qarzdorligi mavjud iste’molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste’molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq ta’minlanadi. Shuningdek, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют