» » Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Hurmat Abdukarimov Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Hurmat Abdukarimov 1974-yili Urganch tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yili Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, davlat soliq bosh inspektori, sho‘ba boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

2004-yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi boshlig‘i, 2006-yildan Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2007-yildan Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2008-yildan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, 2008—2017-yillarda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatgan.

2017-yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2018-yil avgust oyidan yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasining avvalgi rahbari Qudratbek Egambergenov Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют