» » Fargonada obunaga pul bermagan oquvchilarni kaltaklagan oqituvchi ishdan boshatildi

Fargonada obunaga pul bermagan oquvchilarni kaltaklagan oqituvchi ishdan boshatildi


Fargona viloyatining Buvayda tumanidagi 3-umumiy orta talim maktabi oqituvchisi oquvchilarni haqoratlagani, kamsitgani va kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq talimi vazirligi axborot xizmati malum qildi.

Mahalliy OAV vakillari Buvayda tumani 3-umumiy orta talim maktabida sinf rahbarlari va fan oqituvchilari tomonidan turli maqsadlarga pul yigilgani, pul bermagan oquvchilarni haqoratlash, kaltaklashlar togrisida malumotlar chop etgandi.

Xalq talimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati chop etilgan materiallar yuzasidan tekshiruv otkazdi.

Tekshirish natijasida 2018-yilning 16 noyabr kuni maktabning 7-V sinf rahbari R. M. shu sinfda manaviyat soati otish jarayonida ikki oquvchiga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani, yani obunaga pul bermaganliklari uchun sinf oquvchilari oldida haqoratlab, kamsitgani va kaltaklaganligi aniqlandi.

Fargona viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligining buyrugiga asosan oqituvchi R.M. va manaviy-marifiy ishlar boyicha maktab direktori orinbosari X.A. egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Maktab direktori R.A.ga esa intizomiy chora korildi.

Boshqarma mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda oquv muassasasini komir yoki komir briketi bilar taminlash uchun kerakli choralar kormoqda.

Xalq talimi vazirligi zoravonlikning barcha korinishlarini qoralaydi hamda oqituvchilar, oquvchilar va ularning ota-onalarini bosiqlikka va ozaro kelishmovchiliklarni tinch yol bilan hal etishga chaqiradi.

Vazirlik maktab xodimlarini ota-onalardan turli maqsadlar uchun noqonuniy mablaglar yigish amaliyotini toxtatishni soragan.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-12-2018, 13:30)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -