» » “Manchester Siti” APLda 125 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi

“Manchester Siti” APLda 125 yildan beri kuzatilmagan natijani qayd etdi


4-dekabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 15-turida “Manchester Siti” jamoasi safarda “Uotford” mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Pep Gvardiola jamoasi APL 15-turiga kelib urgan gollari soni 45 taga yetdi. O‘tkazib yuborilgan gollar soni atigi 7 ta. To‘plar nisbat +38. Bunday natija, ya’ni 15 turdan so‘ng +38 gol nisbati ko‘rsatkichi so‘nggi 125 yil ichida APLda qayd etilmagandi.

So‘nggi bor bunday natija 1892/93-yilgi mavsumda “Sanderlend” tomonidan qayd etilgan. O‘shanda jamoa 15 turdan so‘ng +39 to‘plar nisbatiga ega bo‘lgandi.

Qayd etish joiz, “Manchester Siti” APLning 21 ta o‘yinidan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. Jamoa so‘nggi bor o‘tgan mavsum 7-aprel sanasida “Manchester Yunayted”ga 2:3 hisobida yutqazgandi. Jamoa hozirga qadar 18 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 3 ta o‘yinda durang qayd etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют