» » MIB Samarqand viloyatida kommunal soha tizimidagi firibgarliklarni fosh etdi

MIB Samarqand viloyatida kommunal soha tizimidagi firibgarliklarni fosh etdi


Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro M.A. ning arizasi bo‘yicha tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimi I.M. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasi 51-bandi talablariga ko‘ra “Iste’molchilarning Elektr energiyasini hisobga olish asboblari, shuningdek elektr energiyasini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchilarning mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan Byuro bilan hamkorlikda bepul o‘rnatiladi, plombalanadi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi” haqidagi qoidani bila turib, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

I.M. Samarqand shahridagi joylashgan xususiy korxonada ish boshqaruvchi M.A. dan “jarimani kamaytirish, hisobga olish priborini almashtirish xizmat haqi va dasturga kiritib berish” sharti bilan 800 ming so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan aldab qo‘lga kiritgan. So‘ng insofi uyg‘onib, pulni qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan I.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi va Bulung‘ur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro I.Aning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda elektr ta’minoti korxonasining xodimi F.T. I.A.ning yashash uyida o‘rnatilgan yangi elektr hisoblagichni elektr ta’minoti korxonasining ma’lumotlar bazasiga kiritib berish evaziga 200 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan elektr ta’minoti korxonasining xodimi F.Tga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bulung‘ur tuman prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют