» » Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisi boshlandi

Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisi boshlandi


Bugun, 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Ikki kun davom etadigan yalpi majlisni Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ochib berdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda yana bir qator muhim masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют