» » Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishini rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi


23-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi. Bu haqda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, qurilishi bitmagan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga tijorat banklari tomonidan 5 yil muddatga, 12 oylik imtiyozli muddat bilan imtiyozli kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda hududiy qurib bitkazilmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari inventarizatsiya qilish va aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyalar tuzish belgilangan. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari ularning ishchi organlari sifatida ko‘rsatilgan.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют