» » Bekoboddagi bojxona postida 20 ming dollarni paypog‘iga yashirgan shaxs to‘xtatildi

Bekoboddagi bojxona postida 20 ming dollarni paypog‘iga yashirgan shaxs to‘xtatildi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod avto” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro B.D. bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu jarayonda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, paypoqlar ichiga yashirilgan 20 ming AQSh dollari topildi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimi tomonidan fuqaro D.K. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida ichki kiyimiga yashirilgan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 million qozoq tengesi qo‘shni davlatga olib o‘tilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют