» » Farg‘onada 3,2 milliard so‘m evaziga bunyod etilgan yangi bozor foydalanishga topshirildi

Farg‘onada 3,2 milliard so‘m evaziga bunyod etilgan yangi bozor foydalanishga topshirildi


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yangi savdo majmuasi va dehqon bozori foydalanishga topshirildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Zamonaviy, yopiq tipdagi savdo majmuasi hamda dehqon bozori qurilishiga 3,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun qator qulayliklar yaratildi.

Butunlay qayta rekonstruksiya qilingan dehqon bozorida go‘sht, sut, baliq mahsulotlari pavilyonlari, oziq-ovqat, quruq meva, non, hunarmandlik buyumlari do‘konlari tashkil etildi. Yangi rastalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini saqlagan holda sotish uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Savdo majmuasida oziq-ovqat, nooziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari sotish uchun maxsus qurilgan savdo maydonchalarida 35 tadbirkor ish boshladi. Dehqon bozori hududida 100 nafar tadbirkorga qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan savdo qilish uchun rastalar ajratib berildi.

Toshloq tumani hokimligidan ma’lum qilishlaricha, savdo majmuasida fermer xo‘jaliklari tashabbusi bilan tashkil etilgan go‘sht rastasida mol go‘shti arzonlashtirilgan narxda, 33 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha sotilmoqda. Bayram yarmarkasida esa aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar yog‘, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi, olma, anor, nok, banan, mandarin, kivi singari mevalar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют