» » Andijonda uy olib beraman deb, keksa ayolni 70 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaro qo‘lga tushdi

Andijonda uy olib beraman deb, keksa ayolni 70 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaro qo‘lga tushdi


Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 63 yoshli onaxonni uy olib berish maqsadida yetmish million so‘mga chuv tushirgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Paxtaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi “Daryo”ga xabar bermoqda.

Shu yilning 11-dekabr kuni tumandagi Navro‘z MFYda yashovchi 1955-yilda tug‘ilgan A.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Uning shikoyat xatida yozilishicha, Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan farzandlari yuborgan mablag‘larni Yolg‘izbog‘ MFYda istiqomat qiluvchi 37 yoshli S.S. uy xarid qilib berish niyatida aldov yo‘li bilan oladi va barcha pullarni shaxsiy ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuboradi. Nuroniy onaxonning ojizaligidan foydalangan S.S. ikki marta sudning qora kursisiga o‘tirgan bo‘lsa-da, ammo uning ko‘zi ochilib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют