» » 5 kun davomida onlayn auksionda 695 ta avtomobil raqamlari sotildi

5 kun davomida onlayn auksionda 695 ta avtomobil raqamlari sotildi


O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 695 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan, deb yozadi Spot.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19% ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Samarqand viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 11% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 58% ga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют