» » Edinson Kavani Pedro Pauletaning rekordini takrorladi

Edinson Kavani Pedro Pauletaning rekordini takrorladi


18-dekabr, seshanba kuni PSJ klubi Fransiya Liga Kubogi nimchorak finalida Edinson Kavani va Mussa Diabining gollari evaziga “Orlean”ni mag‘lub etdi va musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi.

Opta’ning xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi Liga Kubogi musobaqasidagi 16 ta o‘yinda 15-golni urdi va rekordni takrorladi. Kavani PSJ va “Bordo” sobiq hujumchisi Pedro Pauleta rekordini takrorladi. Portugaliyalik o‘yinchi ham Liga Kubogi doirasidagi 16 ta uchrashuvda 15 ta gol kiritgan.

Ma’lumot uchun, Edinson Kavani ushbu mavsum PSJda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga 10 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют