» » O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun umumiy viza 2019-yilning fevral oyida amalga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun umumiy viza 2019-yilning fevral oyida amalga kiritilishi mumkin


O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun umumiy bo‘ladigan Silk visa 2019-yilning fevral oyida joriy qilinishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayevga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Silk visa loyihasi ikki mamlakat idoralarida kelishuvdan o‘tgan, texnik masalalar va qurilmalar yuzasidan kelishuvga erishish qolgan, xolos.

Qayd etilishicha, umumiy vizaga Qirg‘iziston va Tojikiston qiziqish bildirmoqda, Turkmaniston hozircha istiqbolni o‘ylab ko‘rmoqda.

Turizm qo‘mitasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bu loyihaga Ozarbayjon va Turkiyani ham qo‘shishni taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют