» » Shavkat Mirziyoyev Osiyoda yil odami deb tan olindi

Shavkat Mirziyoyev Osiyoda yil odami deb tan olindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (OJA) tomonidan Osiyoda yil odami deb tan olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” nashri xabar berdi.

OJAning qayd etishicha, g‘oliblar nomi mintaqaning har bir davlati vakillari va assotsiatsiya a’zolari tavsiyalari hamda baholaridan so‘ng maxsus hakamlar tomonidan aniqlandi.

O‘zbekiston rahbari “siyosat” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib, deb e’tirof etildi.

Ushbu g‘alaba qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlik, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qo‘shganlik uchun berildi.

Assotsiatsiya vakillarining ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning dekabr oyida Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan, siyosiy mahbuslarni ozod etishda yuksak natija ko‘rsatdi.

Taqdirlash marosimi 2019-yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida doirasida bo‘lib o‘tadi.

Boshqa g‘oliblar orasida LG Group faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol bo‘yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan So bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют