» » Xalq talimi vazirligi: Ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi notogri

Xalq talimi vazirligi: Ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi notogri


Ijtimoiy tarmoqda poytaxt maktablarining birida oquvchilarning qishki tatil kunlarida ota-onalardan farzandlarining ozlarini qanday tutishlari kerakligi haqida talab qilingan kafolat xati surati tarqaldi. Mazkur xatda takidlanishicha, ota-onalar ogil-qizlarining kompyuter klublari va masjidlarga bormasligi, pirotexnika vositalarini sotib olmasligi, ulardan foydalanmasligi, shuningdek, jamoat tartibini buzmasligi, hamda guruh, ommaviy tartibbuzarliklarda qatnashmasligi, huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etmasligini kafolatlaydi.

Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi maktablarda byurokratizmning namoyon bolishini hamda oquvchilarning maktabdan tashqari vaqtidagi xatti-harakatlari boyicha ota-onalardan kafolat xati talab qilinishini qollab-quvvatlamaydi.

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, manaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gamxorlik qilishlari shart. Shu boisdan ham, ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi notogri hisoblanadi.

Yangi yilni osoyishtalikda kutib olish, maktab va xonadonlarda yongin hamda texnika xavfsizligini taminlash maqsadida maktab rahbarlari, oqituvchilar, shu bilan birga ota-onalar ham bolalar orasida pirotexnika bilan bogliq kongilsiz holatlar salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirish ishlari olib borishi kerak.

Xalq talimi vazirligi oquvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, osmirlik davridagi inqirozlarni, shuningdek, jinoyatchilikni kelib chiqishini oldini olish, ogil-qizlarni axborot maydonidagi tahdidlardan ogohlantirish maktab oqituvchilari va ota-onalarning doimiy burchi ekanligini takidlaydi, deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-12-2018, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -