» » Sirdaryo viloyati hokimi poytaxtda o‘qiyotgan talabalar bilan uchrashdi

Sirdaryo viloyati hokimi poytaxtda o‘qiyotgan talabalar bilan uchrashdi


Toshkent shahridagi “Farovon” restoranida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon Mirzayev poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan sirdaryolik talabalar bilan uchrashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Tadbirda 700 nafardan oshiq yigit-qiz ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyat xokimi talabalarga viloyatda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ayni vaqtda barcha sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj katta ekanligini aytib o‘tdi. Belgilangan loyihalarni amalga oshirishda yetuk kadrlarning roli katta ekanligini takidladi.

Sirdaryo viloyatida turli tarmoqlar, ayniqsa, tibbiyot sohasida kadrlar yetishmovchiligi sezilayotganligi aytildi. Shuningdek, injener, arxitektor, Mirzacho‘l vohasi uchun o‘ta zarur bo‘lgan irrigator va meliorator, agronomlarga ham talab yuqori ekanligi qayd etildi.

Viloyat hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtdagi oliygohlarda 3500 nafardan ziyod sirdaryolik talaba tahsil olmoqda.

Viloyat hokimi Toshkentda talim olayotgan yoshlarni kelgusida Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan qurilishlarda ishtirok etishga, yangi zavod-fabrikalar, iqtisodiyot korxonalariga ishga chaqirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli kompaniyalardan birida yuqori maosh olib ishlayotgan Shohruh Isoqulovning viloyatga kelib ishlashga qaror qilganligini ibrat qilib ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют