» » Ikki “Mishlen” yulduziga ega restoranda 14 yil ishlagan idish yuvuvchi uning egalaridan biriga aylandi

Ikki “Mishlen” yulduziga ega restoranda 14 yil ishlagan idish yuvuvchi uning egalaridan biriga aylandi


Kopengagenning ikki “Mishlen” yulduziga ega bo‘lgan Noma restorani sohibi daniyalik bosh oshpaz Rene Redzepi muassasaning vaqtincha yopilishini ma’lum qildi. Redzepining so‘zlariga qaraganda, restoran yil oxirida yangi joyda ochilib, “shahar fermasi” ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Shu bilan birga bosh oshpaz restoranning yangi egalarini ma’lum qildi. Muassasaning ikki menejeri, shuningdek, Noma’da 14 yil, ya’ni u ochilgandan buyon ishlab kelayotgan idish yuvuvchi Ali Sonko restoranning yangi sohiblariga aylandi.

“Ali — Noma’ning yuragi va qalbi. Kishilar Alidek odam biz bilan ishlayotganligining qadriga yetadi deb o‘ylamayman. U har doim kulib turadi”, — deya qaroriga izoh beradi Redzepa. Bosh oshpazning qo‘shimcha qilishicha, uning otasining ismi ham Ali bo‘lgan va u ham Daniyaga kelgan paytlarda idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan.

Redzepi kelajakda boshqa xodimlar ham restoran egalariga aylanishini ma’lum qildi.

Ali Sonko 62 yoshda. U Gambiyada dunyoga kelgan va 12 nafar farzandning otasidir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют