» » Andijon tibbiyot instituti rektori Germaniyada jarrohlik amaliyotida ishtirok etib qaytdi

Andijon tibbiyot instituti rektori Germaniyada jarrohlik amaliyotida ishtirok etib qaytdi


Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov Germaniyada xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Bu haqda institut matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Tashrif davomida ADTI rahbari Germaniyaning Rostok universiteti rektori Volfgang Sharen hamda Martin Lyuter Xelle Vittenberk universiteti tibbiyot fakulteti dekani Mixayl Gekle bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, bilim dargohlaridagi o‘quv uslubiy ishlar, ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdi. Oliy ta’lim dargohlarida bilan ilmiy, uslubiyva innovatsion texnologiyalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Ikki tomonlama hamkorlik sharnomalari imzolandi.

Shuningdek, Madamin Madazimov Germaniyadagi Yadro tibbiyot klinikasi (UMR)da o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarida ham ishtirok etdi va soha mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют