» » Farg‘onada noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 47 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatildi

Farg‘onada noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 47 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Farg‘ona—Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan, fuqaro X.U. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu avtomashina salonida O‘zbekistonga muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati qariyb 47 million so‘mlik, jami 5940 quti turli nomdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют